Rossiya birinchi shaxslari uchun avtomobillarni birlashtiruvchi “Kortej” loyihasi ixcham krossover bilan to‘ldiriladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Loyiha ustida allaqachon ish boshlangan.
Yangi avtomobilni yaratish bilan Avtomobil va avtomotor instituti ilmiy-tadqiqot markazi shug‘ullanmoqda. “Avtomobilning stilistik ishlanmasi yakunlangan deyish mumkin. Hozirda konstruktorlar bilan ishlanmani oxirigacha yetkazish ishlari olib borilmoqda. Sinovdan o‘tkazuvchilar, konstruktorlar, ishlab chiqaruvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz”, — deydi markaz rahbari Yuriy Chernenko.
Uning so‘zlariga qaraganda, yangi model mavjud avtomobillarga o‘xshash bo‘ladi. Asosiy komplektatsiyada besh o‘rinli salon ko‘zda tutilmoqda, biroq kelajakda yetti o‘rinli variant ham istisno etilmayapti.
Izoh (0)