Bugun, 24-avgust sanasida Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan oʻzbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev AQShda oʻzining toʻrtinchi jangini oʻtkazdi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Ahmadaliyev mazkur jangda chililik Ramon Kontrerasga qarshi jang qildi. 10 raundga moʻljallangan jangning birinchi raundidayoq Murodjon raqibini nokautga uchratdi va jangni oʻz foydasiga hal qildi.

Ushbu gʻalaba orqali Murodjon WBA InterContinental kamari sohibiga aylandi.

Maʻlumot uchun, Ahmadaliyev bugungisi bilan qoʻshib hisoblaganda prof ringda toʻrtta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozondi. Janglarining ikkitasida esa u raqiblarini muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratgan.