Donald Tramp u nima sababdan boshqa dunyoviy yetakchilar bilan uchrashishiga aniqlik kiritdi. Prezident bu haqdagi video’ni Twitter’dagi sahifasiga joyladi, deb yozadi TJournal.
Buni tushuntirish uchun AQSh yetakchisi 51 soniya vaqt sarfladi.
Trampning so‘zlariga qaraganda, boshqa dunyoviy yetakchilar bilan uchrashuvlar “ko‘p narsaga erishish”ga yordam berishi mumkin. Prezident ikkita misol ketirdi.
“Rais Kim (Kim Chen In) bilan barchasi qanday o‘tganligiga qarang. Mazkur uchrashuv tufayli buyuk qahramonlarni qaytardik. Hech kim raketalar uchirmayapti va yadro sinovlari o‘tkazmayapti.
Prezident Putin bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazdik. Unda ko‘p narsa hal etildi”.
AQSh prezidenti bu kabi muzokaralarda opponentlari maqsadi jiddiyligini bir daqiqa ichida anglashini ta’kidladi: “Biror yaxshi narsa bo‘lish-bo‘lmasligini juda tez tushunaman”.
Izoh (0)