17-avgust kuni qurilish ishlari olib borilayotgan Ukrainaning Kiyev shahri hududlaridan birida 40 nafar qurollangan shubhali shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.
Shaharning Darniskom tumanida mahalliy politsiya xodimlari tomonidan olib borilayotgan patrul nazorati davomida hududda sport kiyimidagi 80 ga yaqin erkak yig‘ilib turganligi ma’lum bo‘lgan.
Huquq-tartibot xodimlari belgilangan manzilga yetib kelgunga qadar 40 ga yaqin kishi qochib ketgan.Voqea joyida politsiya xodimlari 40 nafar shubhali shaxsni hibsga olgan. Ulardagi qurol-aslahalar olib qo‘yilgan.
Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)