Turkiya importi 30 milliard dollardan oshuvchi mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Importi 30 milliard dollardan kam bo‘lmagan mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarish bo‘yicha ish boshlamoqdamiz. Taraqqiyot agentligi 1,5 mingta loyihani 500 million liraga (83 million dollar) qo‘llab-quvvatlaydi, yana 100 million lira (17 million dollar) texnologiyalarni rivojlantirish maydonchalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi”, — deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya alyuminiy va po‘latga Amerika bojlarining ikki karra oshirilishiga javoban 22 turdagi Amerika tovarlariga bojlarni keskin oshirdi. Jumladan, AQShdan import qilinuvchi tabak, alkogol, avtomobillar, kosmetika mahsulotlari, guruh va mevalarga nisbatan bojlar oshirilgan.
Izoh (0)