Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqiqatan ham Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knayslning to‘yida qatnashadi, deb yozadi “MK.ru” Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
Uning tasdiqlashicha, Vladimir Putin 18-avgust, shanba kuni Berlinga ketayotib, yo‘l-yo‘lakay Avstriyaga ushbu mamlakat tashqi ishlar vazirining to‘yiga kirib o‘tadi.
Prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning aniqlik kiritishicha, Knaysl Putinni uning Venaga so‘nggi tashrifi chog‘ida to‘yga taklif qilgan. Hozir esa Berlinga safar munosabati bilan bunday imkoniyat yuzaga kelgan. Rossiya delegatsiyasi Avstriya TIV rahbari huzuriga kirib, uni tabriklab o‘tmoqchi.
Izoh (0)