“Tolibon” jangarilari Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Farob viloyatida harbiy bazani egallab oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Harbiy bazaga hujum vaqtida Afg‘oniston armiyasining kamida 17 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani va 12 nafari jarohatlangani xabar qilingan. Bazada hukumatning 76 nafar harbiy xizmatchisi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, jangarilar bazada bo‘lgan 14 ta zirhlangan avtomobil, shuningdek, qurollar va o‘q-dorilarni qo‘lga kiritgan. Bazada bo‘lgan o‘nlab askarlarning taqdiri noma’lum qolmoqda.
Izoh (0)