Iyun oyida O‘zbekiston aholisi dollarni kamroq sota boshladi. Bu haqda Markaziy bank tahlili guvohlik beradi, deb yozadi Spot.
Bu yil boshidan buyon ilk pasayish holatidir.
Birinchi kvartalda banklar aholidan 420 million dollar (3,4 trillion so‘m) xarid qildi, ikkinchi kvartalda esa bu ko‘rsatkich ikki karra oshib, 868 million dollarni (6,9 trillion so‘m) tashkil etdi.
Raqamlar mamlakatga yuborilgan pul jo‘natmalari o‘sishi bilan mos kelgan — birinchi kvartalda mamlakatga 950 million dollar yuborilgan bo‘lsa, ikkinchi kvartalda 1,4 marta ortiq (1,3 milliard dollar) yuborilgan.
Izoh (0)