Joriy yilning 12-avgust kuni Olmaliq shahrida “Uzumbog‘” dala hovlisi hududida A.B. ismli ayolga tegajog‘lik qilgan S.X.ga ayolning hamrohi bo‘lgan I.P. uni tartibga chaqirgan. Bu holatdan jahli chiqqan S.X., I.P.ni qo‘li bilan urganda I.P. boshi bilan yerga yiqilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada u etkazilgan tan jarohatidan 13-avgust kuni A.B.ning dala hovlisida vafot etgan. S.X. esa qo‘lga olingan.
Izoh (0)