Amerikaning Amazon kompaniyasi vakillari bugun, 8-avgust kuni Artel korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
“Ushbu kompaniyaning O‘zbekistonga tashrif buyurishining asosiy maqsadi — bu yerda takomillashgan IT tizimi hamda kelgusi hamkorliklar uchun keng sharoitlar yaratishdir”, — deyiladi xabarda.
Amazon kompaniyasining vakillari Ahmed Elbaz hamda Veranika Ramanovskaya Artel korxonasining vakillari bilan uchrashib, rejalashtirilayotgan hamkorlik va bo‘lajak loyihalarni muhokama qildi.
Tashrif davomida mehmonlar Artel ishlab chiqarish bazalari va logistika markazini ko‘zdan kechirdi hamda tadqiqotlar va takomillashtirish markazi bo‘lmish R&D bo‘limi bilan yaqindan tanishib chiqdi.