O‘zbekiston aholisi yana IPO va SPO’da kompaniyalar aksiyalarini sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi, deb yozadi Spot Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga tayanib.
Hujjat orqali “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda, uning bandlaridan biri xususiylashtirish va aksiyadorlik jamiyatlariga xususiy kapitalni jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Xususan, 2018—2019-yillarda bir nechta ochiq birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) aksiyalar joylashtiruvi o‘tkaziladi. Birinchi navbatda qurilish va moliya sohasidagi yirik davlat kompaniyalari aksiyalari sotiladi.
Hujjat bilan aniq raqam belgilangan — shu ikki yil ichida kamida 5 ta obyekt.
Bundan tashqari, savdo tashkilotchilari davlatga tegishli obyektlar narxini sotuvchi bilan kelishmagan holda pasaytirish mexanizmini mustaqil qo‘llash imkonini beruvchi tartib o‘rnatiladi.
20-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi, unda bularning barchasi tasdiqlanadi va tafsilotlar keltiriladi.
Izoh (0)