Rustam Komilov Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutiga rahbar bo‘ldi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Shu paytgacha Prezident maslahatchisi lavozimida ishlagan Rustam Komilov o‘rniga Rustam Qosimov Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgan edi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdujabbor Abduvohidov Prezident devonida Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektorga boshchilik qilib, ushbu lavozimda 2017-yil noyabridan buyon ishlab kelayotgan Rustam Qosimov o‘rnini egallagandi.
Izoh (0)