Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 31-iyul kuni Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi “Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon—O‘sh” yo‘lining 137-kilometrida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
M.E. yuk mashinasini haydab ketayotib, yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida, orqasidan harakatlanib kelayotgan I.Yu. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasining unga urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada Nexiya avtomashinasi haydovchisi I.Yu. va uning uch nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana bir nafar yo‘lovchisi esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)