GM Uzbekistan avtomobillari narxi 1-avgustdan oshmaydigan bo‘ldi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” axborot xizmati ma’lum qildi.
“30-iyul kuni Xalqaro press-klubda muhokama qilingan avtomobil narxlari masalasi hozirda mutassadi tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda har tomonlama, narx oshishining ijobiy va salbiy tomonlarini inobatga olgan holda, o‘rganib chiqilmoqda”, — deyiladi “O‘zavtosanoat” axborotida.
Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, GM Uzbekistan avtomobillari yangi narxlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar va prays-listlar ishonchli emas.
Ma’lumot uchun, Xalqaro press-klubning 30-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida “O‘zavtosanoat” rahbari Shavkat Umurzoqov 1-avgustdan GM Uzbekistan avtomobillari narxlari o‘rtacha 14 foizga oshishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)