Turkiya maxsus xizmatlari Mo‘g‘ulistondan qo‘nim topgan turkiyalik muxolifatchi o‘qituvchini olib chiqishga urindi, ammo Mo‘g‘uliston rasmiylari bunga to‘sqinlik qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Vaysal Oqchoy diniy rahnamo Fathulloh Gulen bilan bog‘liq xalqaro maktablar tarmog‘ini boshqaradi.
Aytilishicha, o‘qituvchi Ulan-Batordagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan.Turkiya harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot Ulan-Bator aeroportiga qo‘ngani ma’lum bo‘lganidan so‘ng Oqchoyning qarindoshlari aeroport oldida to‘plana boshlagan. Bundan xabar topgan Mo‘g‘uliston ichki ishlar vazirligi samolyotning ketishiga yo‘l qo‘ymagan hamda o‘qituvchini mamlakatda olib qolgan.
Izoh (0)