Hopper HQ servisi Instagram ijtimoiy tarmog‘ining eng ko‘p daromad oluvchi yulduzlari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Reytingda amerikalik model Kayli Jenner yetakchilik qilmoqda. Uning sahifasiga bitta reklama postini joylash uchun qariyb bir million dollar to‘lash kerak.
Ikkinchi o‘rinni qo‘shiqchi Selena Gomes egalladi. Uning sahifasidagi bitta reklama posti narxi 800 ming dollarga teng.
Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 750 ming dollar ko‘rsatkich bilan joylashdi.
Yuqori o‘nlikka fotomodel Kim Kardashyan (720 ming dollar), xonanda Beyonse (700 ming dollar), restler va aktyor Dueyn Jonson (650 ming dollar), qo‘shiqchi Jastin Biber (630 ming dollar), shuningdek, futbolchilar Neymar (600 ming dollar) va Lionel Messi (500 ming dollar) kirdi.
Ushbu reyting taniqli brendlarning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar uchun sarflangan xarajatlari haqidagi ochiq ma’lumotlarga asoslangan.
Izoh (0)