“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi noqonuniy (litsenziyasiz) faoliyat yuritayotgan xonandalarni ogohlantirdi.
Ogohlantiruvda bildirilishicha, ro‘yxatda nomlari keltirilgan estrada vakillari 3 kun muddat ichida belgilangan tartibda litsenziya uchun davlat bojini to‘lab, hujjatlarini rasmiylashtirib, muassasaga taqdim etishi shart. Aks holda, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Mazkur ro‘yxatda xonandalar Rayhon, Tohir Sodiqov, Jahongir Otajonov, Doston Ubaydullayev, Anvar Sobirov, Bahrom Nazarov, “Afro‘z” va “Karavan” guruhlari, so‘z ustasi Shukrullo Isroilov, jami 23 kishini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)