Amerikalik reper XXXTentacion’ning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to‘rt kishiga ayblov e’lon qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Qayd etilishicha, 20 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar yigit qurolli o‘g‘rilik va o‘qotar quroldan foydalanib qotillik sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ulardan ikki nafari ya’ni 22 yoshli Maykl Baotrat va 22 yoshli Dedrik Uilyams hibsga olingan.
Qolgan yigitlarning ham shaxsi aniqlangan. Ular 20 yoshli Treyvon Nyusam va 22 yoshli Robert Ellenlar. Hozirda ularning qayerda ekanligi aniqlanmoqda.
Izoh (0)