Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqi AQShning “Qrim deklaratsiyasi”ni qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Qrim bo‘yicha AQSh deklaratsiyasi Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda hududlarning qo‘shib olinishi (anneksiya) borasida Qo‘shma Shtatlarning prinsipial pozitsiyasini bildiradi, deya Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Mayya Kosyanchich ma’lum qildi.

Kosyanchiching fikricha, Yevropa Ittifoqi Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligining tarafdori bo‘lib kelmoqda.

Avvalroq, davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh hech qachon Qrimning Rossiya tarkibiga kirganini tan olmasligini aytgan. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Pompeoning bu fikrini qo‘llab-quvvatlagan va AQShga Qrim bo‘yicha deklaratsiya uchun minnatdorlik bildirgan.

Buyuk Britaniya AQShning “Qrim deklaratsiyasi”ni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasida Vashingtonning “boshqa reallikda yashashda davom etayotgani” aytilgan.

“AQSh davlat departamentidan Kosovaning Serbiyaga qarashli ekani to‘g‘risidagi deklaratsiyani kutib qolamiz”, — deya elchixonada javob qaytarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi