Yevropa Ittifoqi AQShning “Qrim deklaratsiyasi”ni qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Qrim bo‘yicha AQSh deklaratsiyasi Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda hududlarning qo‘shib olinishi (anneksiya) borasida Qo‘shma Shtatlarning prinsipial pozitsiyasini bildiradi, deya Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Mayya Kosyanchich ma’lum qildi.
Kosyanchiching fikricha, Yevropa Ittifoqi Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligining tarafdori bo‘lib kelmoqda.
Avvalroq, davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh hech qachon Qrimning Rossiya tarkibiga kirganini tan olmasligini aytgan. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Pompeoning bu fikrini qo‘llab-quvvatlagan va AQShga Qrim bo‘yicha deklaratsiya uchun minnatdorlik bildirgan.
Buyuk Britaniya AQShning “Qrim deklaratsiyasi”ni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Rossiyaning AQShdagi elchixonasida Vashingtonning “boshqa reallikda yashashda davom etayotgani” aytilgan.
“AQSh davlat departamentidan Kosovaning Serbiyaga qarashli ekani to‘g‘risidagi deklaratsiyani kutib qolamiz”, — deya elchixonada javob qaytarilgan.
Izoh (0)