Belgiyaning Flandriya hududi rasmiylari jazirama sababli hudud aholisiga quvur suvidan erkin foydalanishni chekladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qirollik shimolida joylashgan Flandriya hududida 25-iyul kuni termometr ko‘rsatkichi Selsiy shkalasi bo‘yicha 34 darajagacha ko‘tarilgan.
Shu vaqtga qadar 1976-yilda kuzatilgan bunday issiq sharoitida aholiga quvur va grunt suvidan bog‘ va polizlarni sug‘orishda foydalanish, shuningdek, avtomobil yuvish taqiqlangan.
Suvni tejash bilan bog‘liq qaror sababli Antverpenda shahar favvoralari vaqtincha o‘chirilgan.
Izoh (0)