NATO delegatsiyasi 25-iyul kuni Makedoniya poytaxti Skopye shahrida mamlakat rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi va sobiq Yugoslaviya respublikasining alyansga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralari boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Delegatsiyaga NATO shtabining siyosat xa xavfsizlik masalalari bo‘limida Yevroatlantika va global hamkorlik bo‘yicha direktor Jeyms Makkey boshchilik qilgan. Delegatsiyani mamlakat hukumati rahbari Zoran Zayev qabul qilgan.
Zayevning so‘zlariga ko‘ra, Skopye va NATOning ayni paytdagi munosabatlari fazasi NATOning a’zo mamlakatlari va ittifoqchilari jamiyatlarida xavfsizlik va barqarorlikning kafolatlanishiga olib keladi, bu esa mamlakat rivojlanishi uchun qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlarni ochadi.
Makkeyning ta’kidlashicha, uning tashrifidan ko‘zlangan maqsad alyans Makedoniyaning qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqida aniq va kuchli signal berishdan iborat. Yaqin vaqt ichida ishchi guruhlar muhim qadamlarni amalga oshirish bo‘yicha doimiy muzokarlarni va ishlarni boshlaydi.
Uchrashuvdan keyin NATO vakili tomonidan ma’lum qilinishicha, alyansning tajribalariga asosan, unga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar kamida 18 oy davom etadi.
Izoh (0)