Peru poytaxtidagi shifoxonalardan birida sodir etilgan 2 ta portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
“Ene” mahalliy telekanalining ma’lumot berishicha, avtomobillar to‘xtash joyi va laboratoriyada qoldirib ketilgan yuk xaltalaridagi portlash qurilmalari ishga tushirilgan. Qurilmalar bir necha daqiqa oralig‘ida portlatilgan. Hozircha hukumat voqeani terakt deb e’lon qilmagan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)