AQShning Perdyu universiteti olimlari dunyodagi eng tezkor dvigatel deb hisoblash mumkin bo‘lgan sun’iy rotorni yaratdi. U gantel ko‘rinishdagi nanoqism bo‘lib, vakuumda daqiqasiga 60 milliard aylana tezligida aylanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Nanoqism kremniy dioksididan tayyorlangan va keyin vakuumga joylashtirilgan. Bunda kameradagi bosim 0,06 paskalni tashkil qilgan.
Olimlar diametri 170 nanometr bo‘lgan qismni 500 millivatt quvvatli lazer yordamida yaratilgan optik qopqonda gravitatsiyaga kirishga majbur qilgan.
Yakunda, aylanma qutblanishda nanoqism bir gigargersdan ortiq chastota bilan aylangan, chiziqli qutblanishda esa tebrangan.
Mazkur rotordan Yer tekisligi va gravitatsion doimiyni o‘lchash maqsadida o‘ta sezgir detektor sifatida foydalanish mumkin.
Shuningdek, u vakuumni yoki kvant hodisalarni o‘rganishda foyda berishi mumkin.
Izoh (0)