Kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Appthority kompaniyasi ekspertlari nisbatan xavfli mobil dasturlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
iOS va Android asosidagi qurilmalar uchun nisbatan xavfsiz dasturlar WhatsApp va Facebook Messenger bo‘lib chiqdi.
Bundan tashqari, mutaxassislar Apple mahsulotlari ishqibozlariga Waze dasturidan, Android smartfonlar egalariga esa Telegram messenjeridan foydalanishdan saqlanishni maslahat bergan.
Antireytingga kiritilgan ko‘plab dasturlarda ma’lumotlar sizib chiqishi yoki shubhali harakatlar kuzatilgan.
Ta’kidlanishicha, “xavfli” dasturlar ro‘yxatiga asosan messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va tanishuv xizmatlarining dasturlari kirgan.
Izoh (0)