Rossiya qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat vaziri sobiq o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Leonid Xolod O‘zbekistonning inflyatsiyani jilovlash va ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish uchun xorijdan salkam 30 ming tonna guruch sotib olishi yuzasidan fikr bildirdi.
“Bu albatta, mahalliy guruch ishlab chiqaruvchilarga og‘ir ta’sir qiladi, ammo boshqa tomondan, guruch importi mahalliy fermerlarni hosilni ko‘paytirib, tashqi o‘yinchilarni ichki bozorga qo‘ymaslikka majbur qiladi”, — degan fikrda ekspert.
Shu bilan birga, u bunday katta partiyaning sotib olinishi umuman olganda iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazmasligini, biroq mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tinchlantirib, yakuniy iste’molchilar uchun narxlarni pasaytirishiga ishonchi komil.
“Bu bozorni tinchlantirishning eng oddiy usuli, ustiga-ustak, O‘zbekiston uchun bu siyosiy masala. Bu shunchaki baland yoki past narx masalasi emas, bu aholi kayfiyatining narxi”, — deya xulosa qildi Xolod.
Izoh (0)