• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bulung‘urlik keksa er-xotin 6 yildan buyon hammomda yashab kelmoqda

    “Zarnews.uz” olti yildan buyon hammomda yashab kelayotgan bulung‘urlik keksa er-xotin haqida maqola chop etdi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    Bulung‘ur tumani markazidagi Uvaysiy ko‘chasi 128-uyda istiqomat qiluvchi 75 yoshli Yo‘ldosh Normatov ayoli bilan mana olti yildirki hammomda yashab kelmoqda. Kun sayin sog‘lig‘iga putur yetib, tez-tez ayoli bilan shifoxonada muolaja olyapti.

    Bu esa bugun tumanda hech kimni tashvishlantirmayapti. Aksincha, keksalarning shu ko‘yga tushishiga olti yil oldin tuman hokimligi va fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi ham “yordamlashib” yuborgan edi.  Nuroniylarning taqdiri bir pul bo‘lsa, ba’zan sud qarori bilan ham ularni shu ahvolga tushirish mumkin ekan.

    Hammasi 2010-yilda boshlangan. Aslida Yo‘ldosh otaning binoyiday hovlisi, yashash uchun yaxshigina sharoitga ega uyi ham bor edi. O‘sha yili ularning 126-uyda yashovchi qo‘shnisi Saidqul Jabborov 124-uyni ham sotib olgach, he yo‘q, be yo‘q umumiy ko‘cha ustini yopib, darvoza qurib oladi. Yo‘ldosh Normatov yashaydigan uyning derazasi ana shu ko‘chaga qaragan edi. Xuddi shu ko‘chadan otaxonning uyiga gaz tarmog‘i ham o‘tgandi. Hammasi mutlaqo o‘zboshimchalik bilan qurilgan darvozaxona ichida qolib ketadi. Qirq yil temiryo‘lda mashinist bo‘lib ishlab, nafaqaga chiqqan Y.Normatovning derazasi tagida endi har tunda qo‘shniga tegishli darvoza va garaj shovqini uyqu bermaydi. Er-xotinning shifoxonaga tushib qolgani qo‘shnining “to‘pig‘iga ham kelmadi”.

    Xullas, Yo‘ldosh ota majbur bo‘lib, tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati DUKga murojaat etadi. Shundan so‘ng tuman hokimligiga. Chunki quyosh tushmayotgan xona nam tortib, nurab, to‘kila boshladi. Ko‘chani egallab olgan qo‘shni esa ta’mirlashga ham qo‘ymaydi.

    2010-yil 17-mart kuni kadastr xizmati xodimlari Samarqand mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirokida vaziyatni joyida o‘rganib, S.Jabborov tomonidan tor ko‘cha tarmog‘ida qurilgan darvozaxonani noqonuniy, deb topadi. Uni buzish to‘g‘risida ogohlantiriladi. Jabborov shunchaki buzishdan bosh tortadi. Kamiga hali tuman hokimligi, hali boshqa idoralardan madad so‘rab, turli eshikka bosh suqayotgan Yo‘ldosh otaga “Xohlagan joyingga bormaysanmi?” deya ustidan kuladi.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    Kulganicha bor ekan, hokimlikning kuchi yetmadi va 2011-yil 28-fevralda Yo‘ldosh Normatovga Bulung‘ur tumani hokimi quyidagi mazmunda javob beradi: “Sizning murojaatingiz hokimlik mutaxassislari va tuman ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan va ular tomonidan qo‘shningiz S.Jabborov o‘zboshimchalik bilan derazangiz oldidan darvozaxona qurib olgani aniqlanib, unga o‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurilishni buzish to‘g‘risida bir necha marta ogohlantirish berilgan. Shunga qaramasdan, hozirgi kungacha qo‘shningiz ushbu darvozaxonani buzmasdan kelgan. Bunday holatda uning o‘zboshimchalik bilan qurgan noqonuniy darvozaxonasini o‘z hisobidan majburiy ravishda buzdirish va sizga yetkazilgan zararni undan undirish uchun qonunda belgilangan tartibda da’vo arizasi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudiga murojaat qilishingiz lozim bo‘ladi”.

    Fuqaroning dardini his qilmagan tashkilot uchun undan qutulishning eng oson yo‘li “sudga boring” deyishdir. Sudda esa bundan battar o‘yinlar borligini bechora fuqaro qayerdan bilsin. Xullas, Yo‘ldosh Normatov fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritadi. Dastlab sud Y.Normatov foydasiga qaror chiqaradi (sudya B.Xidirov imzosi bilan). Tuman kadastr xizmati xodimlari dalolatnomasi, Yer Kodeksining 91-moddasi, Fuqarolik Kodeksining 212-moddasi talablariga ko‘ra, sud qonun asosida javobgar tomonidan unga ajratilmagan yer maydonida tegishli ruxsatnoma olmasdan arxitektura va qurilish normalariga zid ravishda, o‘zboshimchalik bilan darvozaxona qurib, egallab olgani uchun darvozaxonaning javobgar hisobidan buzdirilishi to‘g‘risida qaror chiqaradi. Muammo shundaki, bu qaror qarorligicha qolib ketaveradi. Hatto ijro varaqasining Bulung‘urga yetib kelishi uchun ham salkam uch oy o‘tib ketadi. Ijro baribir bajarilmaydi. Bu ham yetmagandek, 2012-yil 2-martda FIB Jomboy tumanlararo sudi (yana B.Xidirov imzosi bilan) 2011-yil 7-oktabrdagi o‘z qarori ijrosi harakatlarini to‘xtatib qo‘yadi.

    Yashash kerak, keksaygan chog‘ida majbur bo‘lib Yo‘ldosh bobo yana FIB Jomboy tumanlararo sudiga murojaat qiladi. Sud ishni qayta ko‘rib, 2012-yil 11-aprelda da’vogarning talabini qondirish to‘g‘risida qaror chiqarib, sud ijrochilariga ijro varaqasi yuboradi. Biroq bu safar javobgar Jabborov turmush o‘rtog‘i va o‘zining ikkinchi guruh nogironi ekani sababli ochiq havoda o‘tirish, hovliga kirish-chiqishda qulaylik bo‘lish uchun boshi berk ko‘chadan darvozaxona qurib olganini pesh qilib sud qaroriga protest kiritadi.

    Kamiga noqonuniy qurilmaga nisbatan egalik huquqi uchun ham murojaat qiladi. Eng alam qiladigani shundaki, shuncha vaqt bu darvozaxonaning noqonuniy ekanini rasman ta’kidlab kelgani holda sudya B.Xidirov bu ishni rad etmadi. Ya’ni, 2012-yilning 8-mayida ko‘rilgan sud majlisida Bulung‘ur tuman hokimligi zimmasiga 126-uyning kirish qismidagi umumiy foydalanishdagi 8,0×3,5 kvadrat metr boshi berk ko‘chani arizachi Saidqul Jabborov nomiga egalik huquqini o‘rnatish to‘g‘risida majburiyat yuklab, qaror chiqarib yuboradi. Suddan buni kutmagan Yo‘ldosh bobo va uning ayoli endi kimdan najot kutishni ham bilmay qoladi.

    Odamlarning maslahati bilan Y.Normatov FIB viloyat sudiga murojaat qiladi va 2012-yil 12-iyulda o‘tkazgan sud majlisida FIB Jomboy tumanlararo sudining 2012-yil 11-apreldagi (unda darvozaxonani buzdirish to‘g‘risida xulosaga kelingan) qarorini o‘zgarishsiz qoldirishni ma’qul ko‘radi. Masalaga viloyat aralashgach, FIB Jomboy tumanlararo sudi raisi B.Xidirov bir masala bo‘yicha uchinchi marta fikrini o‘zgartiradi va navbatdagi sud majlisida hal qiluv qarori ijro harakatlarini tiklab yuboradi. Va ajrimni ijro qilish uchun 16-iyul kuni Bulung‘ur tumani sud ijrochilar bo‘limi katta ijrochisiga xat jo‘natadi.

    Afsuski, oraga nimadir aralashsa, sud uchun qarorni o‘zgartirish hech narsa emas ekan. O‘sha nimadirning nima ekanini Yo‘ldosh ota tushunolmay halak. Fakt shuki, 3-avgust kuni FIB viloyat sudi sud ijrochilari Bulung‘ur tuman bo‘limiga quyidagicha noma yuboradi:

    “O‘zbekiston Respublikasi FPKning 351-moddasi tartibida fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi tomonidan 2012-yil 11-aprelda ko‘rilgan da’vogar Y.Normatovning javobgar S.Jabborovga nisbatan darvozaxonani buzdirish haqidagi fuqarolik ishini zudlik bilan viloyat sudiga yuborishingizni so‘rayman.

    FPKning 352-moddasi tartibida da’vogar Y.Normatovning javobgar S.Jabborovga nisbatan darvozaxonani buzdirish haqidagi fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari ijrosini vaqtincha ish nazorat tartibida ko‘rilgunga qadar TO‘XTATAMAN.

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisi v/b T.Usmanov”.

    Sodda qilib aytganda, “shoshmay turinglar-chi” qabilidagi gap.

    Buyam yetmaganday, Bulung‘ur tuman hokimi 2012-yil 24-avgustda yuqoridagi nizoga sabab bo‘lgan ko‘chani “bor-e” deb S.Jabborov nomiga shaxsiy mulkchilikka huquqiy tarzda tan olish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Holbuki, xuddi shu hokimlik buning noqonuniy ekanini rasman tan olib, Yo‘ldosh boboga xat yo‘llagan, sudga borishni maslahat bergan edi.

    Xullas, sudbozlikning ham, qog‘ozbozlikning ham oxiri ko‘rinmaydi. Butun boshli idoralar bitta noqonuniy darvozani olib tashlay olmadi, aniqrog‘i, xohlamadi. Kamiga bu joyni qonuniy qilib berish to‘g‘risida qoidabuzar foydasiga qarorlar chiqardi. Yakuniy qarorni FIB Jomboy tumanlararo sudi 2012-yil 14-noyabr kuni e’lon qiladi. Unda sud tomonidan Bulung‘ur tuman hokimining 2012-yil 24-avgust kungi qaroriga ko‘ra, egalik huquqi o‘rnatilgani sababli da’vogar Y.Normatovning javobgar S.Jabborovga nisbatan noqonuniy qurilgan darvozaxonani buzish to‘g‘risidagi da’vo talabi rad etiladi. (Rais yana B.Xidirov). Yo‘ldosh ota butunlay karaxt ahvolga tushib qoladi. Axir, ilk bor qator kodekslarga asosan Jabborovni nohaq degan ham shular edi-da.

    Hokimlik va sudyalardan butunlay ko‘ngli qolib ketgan Yo‘ldosh bobo taqdirga tan berib, 6 yildan beri hammomda yashab kelmoqda. Bu orada qo‘shnisi otaxonning uyi tomining bir qismini to‘rt qator buzib, yog‘ochlarini kesib, bir yo‘la o‘zining binosi tarnovini ham Yo‘lbosh bobo uyiga to‘g‘rilab qo‘yaqoldi. Axir, unga kimning ham kuchi yetardi?!

    24.07.2018, 09:50   Izoh (0)   90773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonda IT-startaplarni rivojlantirish siyosatini ishlab chiqishda yordam beradi

    24.07.2018, 09:35

    Mutaxassis: Boshlang‘ich diniy bilimlarning yo‘qligi o‘zbekistonlik muhojirlarga pand bermoqda

    24.07.2018, 09:12

    O‘zbekiston va Vyetnam o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 100 mln dollarga yetkazishga intiladi

    24.07.2018, 09:03

    26 ming so‘mdan go‘sht, 200 so‘mdan tuxum. Bu narxlar O‘zbekistondagi bozorlarda bormi?

    24.07.2018, 08:39

    Toshkentda Isroil namunasi asosidagi texnopark quriladi

    23.07.2018, 23:53

    Surxondaryodagi namunaviy uylar egalari nimadan norozi?

    23.07.2018, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.