O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo aylanmasini yaxshilash hamda ikki davlat tadbirkorlariga o‘zaro to‘lovlarni amalga oshirishda qulay muhit yaratish maqsadida Xalq banki va “Sberbank” o‘rtasida o‘zaro ahdlashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu memorandumga asosan ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro qarz bozorida hamkorlik qilish va boshqa investitsion bank operatsiyalari hamda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, savdoni moliyalashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirishda, iqtisodiy, moliyaviy sharoit va undagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda tajriba va ma’lumotlar almashishda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelishuv doirasida tomonlar turli seminarlar ham tashkil etib boradi.
Ma’lumot uchun, Xalq banki joriy yil may oyida Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘linmalarga ega bo‘lgan bo‘lgan Halyk Bank bilan ham ahdlashuv mumorandumi imzolagan edi.
Izoh (0)