Samarqand tumanida 20-iyul kuni “Jo‘ysoy” mahallasida yashovchi N.S. uyi oldida 6,2 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.
Shaxs ushbu giyohvandlik moddasini Urgut tumanida yashovchi R.I.dan olganini qayd etgan.
Ko’rilgan choralar natijasida R.I. ham qo’lga olingan.
Izoh (0)