• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda tadbirkor sheriklarining firibgarligi tufayli qamaldi

    “Ayblanuvchini himoya qilish bu jinoyatni oqlash degani emas. Advokat hech qachon jinoyatni himoya qilmaydi, balki jinoyat sodir qilishda ayblanayotgan shaxsni asossiz yoki qilmishiga nomuvofiq bo‘lgan og‘ir jazoga tortilishdan himoya qiladi”.

    Darhaqiqat, oqlov ishi — odil sudlov va adolat tantanasidir. Bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan yuksak insoniylik tamoyillari va islohotlar samarasi o‘laroq tobora ortib borayotgan sudlardagi oqlov ishlari har birimizni quvontiradi.

    Foto: “Pravmir.ru”

    Foto: “Pravmir.ru”

    Bugungi kunda sudlar tomonidan ko‘rilayotgan har bir jinoiy ish adolatli ko‘rilsa, tadbirkorlik qilib, el-yurtga foyda keltirmoqchi bo‘lgan 63 yoshli Fayzullo Majidov bugun panjara ortida o‘tirmasmidi? Samarqandda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan surxondaryolik nafaqaxo‘r F. Majidov ham o‘z ishining yarmiga kelganda firibgarlar tuzog‘iga ilinib qoldi. Natijada voqealar rivojini anglamay qolgan tadbirkor sudning qora kursisiga o‘tirishga majbur bo‘ldi. Besh oy davomida cho‘zilgan sud jarayonida ayrim holatlarga ochiqdan-ochiq ko‘z yumilish, advokatlar tomonidan asosli tarzda talab etilgan holatlar e’tiborga olinmaganidan so‘ng F. Majidov va uning himoyachilari ushbu jinoyat ishini atroflicha o‘rganishini so‘rab “Daryo”ga murojaat qildi. “Daryo” muxbiri F. Majidov bilan bog‘liq sud jarayonini bevosita sud zalidan kuzatib bordi.

    Surxondaryolik Fayzullo Majidov nafaqaga chiqqanidan so‘ng bekor o‘tirmasdan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ezgu niyatlar bilan boshlagan ishidagi sherigining firib berishi natijasida bugun “yemagan somsasiga pul” to‘lab o‘tiribdi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018-yil 1-iyun kungi hukmiga ko‘ra Botir Azamatov, Faridun G‘aniyev, Rustam Narziqulov va Fayzullo Majidovlarga nisbatan 5 oy davomida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi yuzasidan hukm chiqarildi.

    Sudlanuvchi Fayzullo Majidovni himoya qilib kelayotgan advokatlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda birinchi instansiya sudi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, ularning negizida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun asoslariga zid ravishda F.Majidovning aybdorligiga oid talab etilgan holatlarni tekshirmasdan, mavjud dalillarga to‘g‘ri baho bermasdan, asossiz va adolatsiz hukm chiqarilganligini bildirdi.

    Xususan, sud davomida sudlanuvchilar B. Azamatov va F. G‘aniyevlar tomonidan ATB “Turonbank” Samarqand shahar filialidan 2 milliard 200 million so‘m kredit olinib, ular tomonidan o‘zlashtirilib ketilganligi aniqlandi. Kreditni o‘zlashtirishda baholovchi tashkilotlar, pulni naqdlashtirib o‘zlashtirishda faol ishtiroq etgan soxta firmalarning rahbarlari “Samarqand Sement” MChJning asl ta’sischisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda faol qatnashib kelgan bo‘lsa-da, dastlabki tergov organi bu holatni tekshirmasdan, ajratilgan kredit mablag‘lari qaysi korxonalarga qay tartibda yo‘naltirilib o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanmagan.

    Birinchi instansiya sudi ham besh oylik sud tergovidan so‘ng sud majlisida aniqlangan haqiqiy holatni sud majlisi bayonnomasi va sud hukmi asoslariga kiritmasdan, dastlabki tergovning ayblov xulosasini hukm asosiga to‘liq ko‘chirib o‘tkazib, adolat mezonini buzgan. Natijada o‘zlashtirib ketilgan kredit mablag‘lari bu jinoyatni bevosita sodir etgan shaxslardan undirilmasdan qolgan va bank muassasiga yetkazilgan zarar qoplanmagan.

    Shu bilan birga, sud davomida aniqlangan holatga ko‘ra Fayzullo Majidovni Botir Azamatov tomonidan aldanganligi, B.Azamatov va uning jinoiy sherigi F.G‘aniyevlar o‘zlashtirilgan kreditga umuman aralashmagan F.Majidovni qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan o‘zlarining sherigi tariqasida ayblash uchun unga nisbatan ko‘rsatmalar berib, bu bilan bankka yetkazilgan zararni F.Majidovning hisobidan qoplash maqsadida ularning ko‘rsatmasi ishning haqiqiy holatiga mos kelmasligi esa sudning e’tiboridan chetga qolib, boshqa dalil bilan tasdiqlanmagan ko‘rsatmalarni hukm chiqarishda asos qilib olgan.

    Dastlabki sud davomida advokatlar tomonidan ishning haqiqiy holatini aniqlab beradigan asoslar va dalillarni ilova qilib kiritgan iltimosnomalari, shu jumladan sudga oid texnik ekspertizasi, xatshunoslik ekspertizasi tayinlanishi, ichki ishlar idoralaridan holat yuzasidan qabul qilingan va qonuniy kuchda bo‘lgan qarorlar talab qilib olinishi, ish materiallariga qo‘shilishi va Jinoyat-protsessual kodeks talablariga asosan huquqiy baho berilishi, ish holatiga oydinlik kiritish uchun guvohlar chaqirilib so‘roq qilinishi kabi talablar inobatga olinmay asossiz rad etilgan.

    Sudning ushbu harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi bilan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-noyabr kunidagi 5268-sonli Farmoni talablari ijro etilmagan.

    Natijada sud hukmi bilan 63 yoshda bo‘lgan, Afg‘oniston Respublikasida baynalminal burchini bajargan, uzoq muddat davomida Termiz Davlat universitetida o‘qituvchi, kafedra mudiri, rektor o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent, uch nafar voyaga yetmagan farzandlarning otasi, muqaddam sudlanmagan Fayzullo Majidovga 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida F.Majidovning himoyachilari tomonidan kiritilgan apellyatsiya shikoyati asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda.

    “Daryo” internet-nashri F. Majidov bilan bog‘liq sud ishi tafsilotlarini bevosita sud zalidan kuzatib bormoqda. Ushbu sud jarayoni bilan bog‘liq voqealar rivoji tafsiloti bilan sizlarni tanishtirib boramiz.

    Farhod Norbo‘tayev, jurnalist.

    20.07.2018, 08:33   Izoh (0)   20419
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherzod Shermatov: Davlat idoralari bundan buyon o‘qituvchilar faoliyatiga xalaqit bersa, Prezident siyosatiga qarshi chiqqan bo‘ladi

    20.07.2018, 07:35

    Vazirlar Mahkamasi huzurida “O‘zatom” agentligi tashkil etiladi

    20.07.2018, 07:10

    Andijon viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi o‘tkazildi (foto)

    19.07.2018, 23:45

    Farg‘onadagi “Bo‘ston” mahallasi qachon o‘z nomiga munosib bo‘ladi?

    19.07.2018, 23:13

    O‘zbekistonda alimentdan qarzdor shaxslarni avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etish taklif qilindi

    19.07.2018, 23:04

    Deputat Andijonda ichki ishlar xodimlarining noqonuniy harakatlariga munosabat bildirdi

    19.07.2018, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mo‘ynoqdagi kondan ham gaz sizib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:38

    O‘zbekistonning ayrim joylarida hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:25

    Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:50

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.