23-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo davlatlari—AQSh” (“C5+1”) hamkorlik formatidagi Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSh vakillari mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va tajovuzkor ekstremizmga qarshi turishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Izoh (0)