Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning Yoqutiston respublikasidan taklif etilgan rejissyor Sergey Potapov Madaniyat vazirligi ko‘magi va “Do‘stlar klubi” hamkorligida “Diydor” teatr-studiyasi yosh ijodkorlariga mahorat saboqlari o‘tish bilan birga yangi spektal sahnalashtirishga ham kirishdi. Bu haqda “Daryo”ga teatr mutasaddilari ma’lum qildi.

Foto: “Diydor”

Foto: “Diydor”

“Diydor” teatr-studiyasida O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Turob To‘la tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Uilyam Shekspirning shoir tarjimasidagi “Qiyiq qizning quyilishi” asari sahnalashtirilmoqda.

Taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev badiiy rahbarligidagi ushbu spektakl premerasi 10-avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Foto: “Diydor”

Foto: “Diydor”

Ma’lumot uchun, Sergey Potapov Rossiyada bir qancha zamonaviy asarlardan tortib, jahon klassikasi durdonalarigacha sahnalashtirgan bo‘lib, “Makbet” spektakli uchun nufuzli “Oltin niqob” (“Zolotaya maska”) mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda joriy yilning 9 oyida sodir bo‘lgan YTHlarda 82 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Sport
JCH—2022 Lionel Messi uchun oxirgi mundial bo‘ladi
Mahalliy
“Qabulda Olmaliq va Ohangaron shahri, Ohangaron tumani hokimi ham bor, avval ularga murojaat qiling, hal bo‘lmasa menga keling” — Zoir Mirzayev (video)