Forbes jurnali eng yuqori haq to‘lanadigan sportchilar va shou-biznes vakillari reytingini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
2018-yilda reytingning birinchi pog‘onasini amerikalik bokschi Floyd Meyuezer egalladi. Reyting tuzuvchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, u bir yil ichida 285 million dollar ishlab topgan. Shundan 275 million dollarini Meyuezer Konor Makgregor bilan jangi uchun olgan.
Reytingning ikkinchi o‘rnini aktyor Jorj Kluni egallagan. U tekila ishlab chiqaradigan Casamigos kompaniyasini sotgani uchun 239 million dollar daromad ko‘rdi.
Reytingning uchinchi o‘rnidan Kim Kardashyanning singlisi, realiti-shou ishtirokchisi Kayli Jenner joy oldi. U 166,5 million dollar daromad qildi.
Izoh (0)