Kecha, 15-iyul sanasida futbol bo‘yicha XXI Jahon Chempionati yakuniga yetdi.
Fransiya terma jamoasi Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa to‘purari nomi Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynga nasib etdi. U JCh—2018 da 6 ta gol urishga erishdi.
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann esa gol+pas tizimida mundialning eng samarali futbolchisi bo‘ldi. U 4 ta gol urib, 3 ta golga hammualliflik qildi.
Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich esa bu borada 6 ochko jamg‘ardi. Ya’ni, Mario 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)