Finlyandiya poytaxti Xelsinkida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu aksiyalarni AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning tarafdorlari hamda bu tadbirga qarshilar o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ikki davlat rahbarining tez kunda Xelsinkiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan o‘nlab namoyishlarning eng yirigi Helsinki Call deb ataladi.
Tashkilotchilar 15 ming ishtirokchini kutmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, shahar markazida 2500 kishi to‘plangan.
Izoh (0)