Italiyaning “Napoli” jamoasi yarim himoyachisi Jorjinyo “Chelsi” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda londonliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Italiya terma jamoasining 26 yoshli a’zosi “Chelsi” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Jorjinyo 5-raqam ostida to‘p tepadi.
Futbolchining transferi uchun “Napoli”ga 57 million yevro to‘langan. Shuningdek, neapolliklar Jorjinyoning natijalariga qarab 8 million yevro bonusga ega bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)