Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning odob-axloq komissiyasi tashkilot prezidenti Kirsan Ilyumjinovni vazifasidan chetlatdi.
Komissiya bir ovozdan Ilyumjinovni FIDE’ning axloq qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi. Uning vakolati 13 oydan 18 oygacha vaqtinchalik to‘xtatildi. Vakolatni darhol to‘xtatilishi esa 2019-yilning 12-yanvariga qadar 6 oy davomida amalda bo‘ladi. Qolgan 12 oylik diskvalifikatsiya esa 2 yilga kechiktirilgan.
Kirsan Ilyumjinovning o‘zi esa tashkilot prezidentligidan chetlatish haqidagi qarordan norozi. U vaziyatga “AQSh bosimi ostida qabul qilingan siyosiy qaror” deb baho bergan.
Ilyumjinov AQSh moliya vazirligining sanksiya uchragan kishilar ro‘yxatiga kiritilganini ham eslatib o‘tgan. U bu qarorni noqonuniy deb hisoblab, Amerika hukumatini sudga bergan. Keyin esa uning fikriga ko‘ra, AQSh hukumati FIDE’ga bosim o‘tkaza boshlagan.
FIDE’ning navbatdagi prezidentlik saylovi tashkilotning 2018-yil 3-oktabrdagi kongressi vaqtida Batumida bo‘lib o‘tadi.
56 yoshli Kirsan Ilyumjinov FIDE prezidenti sifatida 1995-yildan beri ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)