Londonning “Chelsi” klubini italiyalik Mauritsio Sarri boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda londonliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Sarri “Chelsi” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi 6 million yevro etib belgilandi. 59 yoshli mutaxassisga yordamchi sifatida “ko‘klar”ning sobiq hujumchisi Janfranko Zola tayinlangan.
Zola 1996—2003-yillar oralig‘ida “Chelsi” safida to‘p surgan. U muxlislar tomonidan klub tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etilgan.
Mauritsio Sarri esa murabbiylik faoliyatini 1990-yilda boshlagan. 2015-yildan 2018-yilgacha esa “Napoli”ga bosh murabbiylik qildi.
U bu orada A Seriyada ikki marta 2-o‘rinni, bir marta esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2015/2016-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Italiyaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etilgan.
“Yangi ishim boshlanishini intizorlik bilan kutyapman”,—deydi “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi.
Izoh (0)