Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 15-iyul sanasida meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi o‘tkazadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi esa Shahramning tayyorgarliklari bilan qiziqdi.
“Jangga tayyorgarlik odatdagidek davom etmoqda. Men doimiy tartibga qat’iy rioya qilaman va tayyorgarlikni aslo bo‘shashtirmayman. Mashg‘ulotlar juda yaxshi davom etmoqda. Bir oy davomida O‘zbekistonda bo‘lib, turli tadbirlarda ishtirok etdim. Tabiiyki, bu vaqt ichida mashg‘ulotlarni ko‘ngildagidek olib bora olmadim. Ammo barchasi yaxshi bo‘ladi. Umid qilamanki, chiroyli jang ko‘rsatib, bahsni o‘z foydamga hal qilaman”, – dedi Shahram G‘iyosov.
Izoh (0)