Londonning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Italiyalik mutaxassis “Chelsi”ga 2016-yildan beri bosh murabbiylik qilib kelayotgan edi. U bu vaqt mobaynida Angliya chempionligi va mamlakat kubogini yutishga erishdi.
48 yoshli Konte boshchiligida “Chelsi” jami 106 rasmiy o‘yin o‘tkazdi, ularning 69 tasida g‘alaba, 17 tasida durang hamda 20 tasida mag‘lubiyat qayd etdi.
Londonliklar tez orada klubning yangi bosh murabbiyini e’lon qiladi. Bu esa mavsum yakunida “Napoli”ni tark etgan Mauritsio Sarri bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)