FIFA futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining final bahsiga hakamlarni tayinladi.
Unga ko‘ra Fransiya—Xorvatiya uchrashuvini argentinalik Nestor Pitana boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Ernan Maydana hamda Xuan Belatti yordam beradi. Shuningdek, niderlandiyalik Byorn Kuypers to‘rtinchi hakam, Ervin Zeinstra esa uchrashuv zaxira hakami assistenti etib tayinlandi.
Mazkur o‘yin Pitana uchun JCh—2018 dagi beshinchisi bo‘lsa, mundiallar tarixidagi umumiy to‘qqizinchi bellashuviga aylanadi. Ma’lumot uchun o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov hisobida esa 11 ta uchrashuv bor. U bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi.
Uchrashuv 15-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)