Avtomaktablar endilikda litsenziyalarni onlayn taqdim etishi va olishi mumkin. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi Spot.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat — “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya” ishga tushdi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarorida avtomaktablar litsenziya olish hujjatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborishi mumkinligi ko‘zda tutilgan edi.
Xizmat yarimavtomatik bo‘lib, yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan. Xizmatdan foydalanish uchun One ID’ga ega bo‘lish talab etiladi.
Izoh (0)