Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Iqtidorli yoshlar xorijiy davlatlarda ham tahsil olmoqda. Ularning ayrimlari chet mamlakatlarda ish faoliyatini davom ettirib, tajriba to‘plab qaytadi.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi esa ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining davlat ta’lim standartlari, talablari va malaka mezonlariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash kabi vazifalarni bajaradi.
Izoh (0)