Shotlandiyaning Esperansa Group LP kompaniyasi O‘zbekistondagi Perfect Plast Profil korxonasini sotib oldi. Bu haqda, “Toshkent” respublika fond birjasi ma’lumotiga tayanib, Spot xabar berdi.
Esperansa Group LP kompaniyaning 1 519 574 ta aksiyasini, ya’ni ustav fondining 100 foizini sotib oldi.
Kelishuv 5-iyul, payshanba kuni imzolangan.
Esperansa Group LP kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi Edinburg shahrida joylashgan.
Perfect Plast Profil kompaniyasi derazalar uchun mo‘ljallangan plastik profillar ishlab chiqaradi. 2017-yilning yanvarida kompaniya birinchi aksiyalarini chiqargan. Perfect Plast Profil Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan.
Izoh (0)