O‘zbekistonda bankni tunashga uringan ukrainalik uch nafar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda 4-iyul kuni mamlakat IIV matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ukrainalik fuqarolar 2-iyul, seshanba kuni Toshkentda qo‘lga olingan. Ular 16-may kuni bankdagi deposit yacheykalarini ochgan, keyinroq ularni maxsus asboblar bilan ochishga uringan. Shu paytda ular qo‘lga olingan.
Qo‘lga olinganlarning familiyalari oshkor etilmagan, ular Sh.B., B.V. va avval sudlangan A.S. ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)