Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida bir necha yillardan beri ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan “Qipchoq — Mang‘it shahri — Turkmaniston chegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li 20 kun ichida ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Amunews.uz” xabar bermoqda.

Foto: ““Amunews.uz”

Foto: ““Amunews.uz”

Bosh pudratchi — “Taxiatosh yo‘l qurilish-ta’mirlash” davlat unitar korxonasi tomonidan ushbu yo‘lning Mang‘it shahriga kirishdagi 11,4 kilometr, shahar ichidagi 3 kilometr qismini rekonstruksiya qilishga jami 15,2 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, unga 210 nafardan ortiq ishchi jalb qilindi.

Foto: ““Amunews.uz”

Foto: ““Amunews.uz”

Yo‘lning shahar ichidagi qismila tungi yoritgichlar va piyodalar yo‘lakchasi qurildi.

Foto: ““Amunews.uz”

Foto: ““Amunews.uz”

Mazkur yo‘lning foydalanishga topshirilish marosimiga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – bosh muhandis Obid Odilov qatnashdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi