3-iyul, seshanba kuni Finlyandiya shimolida yengil samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Yle telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Samolyot Rovaniyemi shahrida aeroportdan taxminan bir kilometr uzoqlikda qulab tushgan. Qutqaruv xizmatlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan keyin voqea joyiga chaqirilgan.
Kaleva gazetasining politsiyadan olgan ma’lumotlariga qaraganda, samolyotda 2 ta yo‘lovchi bo‘lgan, ularning ikkalasi ham samolyotdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Ilta-Sanomat gazetasining ma’lumotlariga qaraganda, yo‘lovchilardan biri jarohat olgan, lekin uning jarohatlari jiddiy emas. Samolyot o‘rmonga qo‘ngan va yonib ketgan.
Voqea joyida bir nechta qutqaruv guruhlari ish olib bormoqda. Halokat sabablari hozircha aniqlanmagan. Iltalehti gazetasining ma’lumotlariga qaraganda, samolyot Finlyandiya mudofaa kuchlariniki bo‘lgan.
Izoh (0)