Moskvadan Xo‘jandga yo‘l olgan Tajik Air aviakompaniyasi samolyoti Moskvaning Domodedovo aeroportiga shoshilinch tarzda qo‘ndi, deb yozadi “Gazeta.ru” Flightradar24 portali ma’lumotlariga tayanib.
Avvalroq Boeing 737 Ryazan viloyati osmonida ortiga qaytib, Podmoskovye ustida aylanib uchayotgani xabar berilgan edi. Portalda samolyot qizil rang bilan belgilangan edi, bu esa uchuvchi samolyot bortidagi avariyaviy holat haqida xabar qilganini anglatadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Domodedovo aeroportiga qo‘ngan. Hodisa va laynerning qaytib kelishi sabablari haqida rasmiy ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh (0)