Ispaniyaning Proactiva Open Arms nohukumat tashkiloti qutqaruv kemasi O‘rtayer dengizida 59 nafar muhojirni qutqarib oldi, deb yozadi “Interfaks”. Ular rezina qayiqda Yevropa qirg‘oqlarigacha yetib olmoqchi bo‘lgan.
Italiya va Malta hukumati kemaning o‘z bandargohlariga kirishini qat’iyan taqiqlagach, Ispaniya hukumati kemani Barselona portiga kiritdi.
Barselonagacha yo‘l taxminan to‘rt kun vaqt olishi mumkin.
29-iyun, juma kuni Yevroittifoq sammiti muhojirlar masalasida aniq bir yechimni qabul qilmasdan, ularning Yevropaga oqimini cheklash muhimligini qayd etdi.
Izoh (0)