Shvetsiyada farmakolog va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Arvid Karlsson 95 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Korrespondent.net” Gyoteborg universiteti saytiga tayanib.
Karlsson Nobel mukofotini 2000-yilda bosh miyadagi dofamin neyromediatorining funksiyasini kashf qilgani uchun qo‘lga kiritgan edi. Uning tadqiqotlari nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolash uchun yangi dorilar yaratishda yordam bergan.
Izoh (0)